Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135 ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.